Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yashnobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, fuqaro J.N. fuqaro M.I.ga 1 500 AQSH dollari evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hech qanday imtihonlarsiz haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, oldindan 750 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Dehqonobod tuman bo‘limi va viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, fuqaro Sh.O. fuqaro S.U. va uning tanishi J.T. haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘qimagan bo‘lsa-da, mudofaaga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkilotida ishlovchi o‘zining tanishlari yordamida 6 oy o‘qiganligi haqida tegishli hujjat rasmiylashtirib berishi evaziga 7,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Shahrixon tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, A.I.T. MCHJ avtomaktabi o‘rgatuvchi ustasi B.J. fuqaro I.I.ga B toifali haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilib, evaziga 650 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari