14:45 / 07.06.2024
1 494

Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimovning xiyonatlari va marhum qaynonasining uyga sig‘dirmagani haqida gapirdi

Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimovning xiyonatlari va marhum qaynonasining uyga sig‘dirmagani haqida gapirdi
Xonanda Sevinch Mo‘minova “Laziza.shok.uz” YouTube kanaliga bergan intervyusida ilk marta sobiq turmush o‘rtog‘i Sharof Muqimov bilan ajrashishiga nima sabab bo‘lgani hamda marhum qaynonasi bilan munosabatlari haqida gapirib berdi.

Sevinch va Sharof Muqimov
Foto: YouTube

Sevinch aslida oradan bir necha yil o‘tganidan so‘ng oilaviy hayoti haqida intervyu berishga uni sobiq turmush o‘rtog‘ining intervyularida unga tegizib ketayotgan gaplari sabab bo‘lgani haqida gapirdi.

Sharof avvalgi intervyularida “Bo‘laveradi, deb uylanmaslik kerak ekan” debdi. U emas, aslida men “Mayli, bo‘laveradi”, deb turmushga chiqqandim-ku. To‘yni to‘xtatmoqchi bo‘lganim esidan chiqib qolibdimi? Unashtirilgandik, to‘yimiz aniq edi, lekin bir kunda bir marta xabar olib qo‘ng‘iroq qilmasdi, men bilan qiziqmasdi. Sevmasligini, mehri yo‘qligini o‘sha vaqtdan sezardim. Chaqirib, to‘yni to‘xtatmoqchiligimni aytganimda ham menga emas, senga har xil gaplar keladi, degandi. Farqi yo‘q, dedim. “Endi baxtimni topganimda meni tashlab ketma”, deb yig‘ladi, sodda bo‘lib o‘sha ko‘z yoshlariga ishonibman. Lekin bari soxta ekan, — deydi xonanda.

Sevinchning aytishicha, qizini dunyoga keltirib to‘rt yil uyda o‘tirgani ham sobiq turmush o‘rtog‘iga malol kelgan.

Qizimni dunyoga keltirganimdan keyin ishlamadim, farzandimni o‘zim parvarishladim. Xarajatlarning yarmini, kommunal to‘lovlarni yiqqan pulimdan men ko‘tarardim, qizimizning kerakli narsalarini u olardi. Bu paytda alohida uyga ko‘chib o‘tgan edik. Bir kuni yoz fasli edi, kirib kelib, “Konditsioner tagida yotavermay, tur, ishlab, bolangni boq”, degan gapni ham aytgan. Bizni boqish unga malol kelib qolgandi. Ajrashib, qaytib kelgan opasini, ota-onasini boqardi, lekin bu erkaklik burchi, minnat qilish kerakmas-ku?, — deydi Sevinch.

Foto: YouTube
Sevinch Mo‘minova oilasini saqlab qolish uchun oxirigacha kurashgani, hatto uning xiyonatlariga ham ko‘z yumgani haqida gapirdi.

Ajrashishimizga sabablarni aytsam, begona qizlar bilan yozishardi, isbotlarigacha bor. Onamni ko‘rgani Farg‘onaga 1 haftaga ketib, qaytib kelganimda, uydan ayollar upasi topganman, meniki emasdi. Janjal ko‘tarmaganman, faqat so‘raganman. “Do‘stim klipga suratga tushgandi, grimyorniki cho‘ntagida qolib ketgan ekan, shu tushib qolgan, shekilli”, degan. Gapiga ishondim. Unga qattiq ishonardim, menga xiyonat qilishi mumkinligini tasavvur ham qilmasdim.

Keyin hammomdan begona ayollar ichki kiyimini topib oldim, shundan so‘ng butkul ishonchim yo‘qoldi. Ataylab tashlab ketilgan edi. Hech kim unutib qoldiradigan narsa emas-ku bu. Bir qiz bilan ham gaplashishini bilib qolganman. Sharof unga “Mabodo Sevinch senga qo‘ng‘iroq qilib qolsa, singlisiman, deb aytgin” degan ekan. U qizga qo‘ng‘iroq qilganimda yashirib ham o‘tirmay, “Ha, biz gaplashamiz” deb, menga Sharofning o‘sha gaplarini skrinshot qilib yuborgandi. Men shunda ham qizim uchun u otasiz katta bo‘lmasin deb, bu ishlariga ko‘z yumganman. Lekin ko‘nglim sovib bo‘lgandi. Men oxirgi nuqtagacha oilamizni asrab qolishga harakat qilganman. U esa qarindoshlarining, o‘rtoqlarining gapiga kirardi, ajrashishimizda ularning ham gapining ta’siri bo‘lgan
.

Xonanda intervyu davomida marhum qaynonasi bilan munosabatlari qanday bo‘lganiga ham oydinlik kiritdi.

Qaynonam boshida meni yoqtirardi, yaxshiyam vodiydan kelin qilgan ekanmiz, qo‘l-oyog‘i chaqqon, shirinso‘z ekan, deb onamga qo‘ng‘iroq qilib rahmat ham aytgan.

Bilmayman, qanday qilib meni yomon ko‘rib qoldi. Oilada qanday gap-so‘z bo‘lsa ham umuman gap qaytarmaganman. Chunki onam meni shunday tarbiyalagan. Bir marta gap qaytarganman. Unda ham “Bu uydan ket, yo‘qol”, deb haydaganida, “Yo‘q, ketmayman, erim ket, desa ketaman”, deganman. Shunda ham “erim” degan so‘zim yoqmagan. Juda qattiq gap eshitganman.

Qaynonam birinchi haydashi Moskvaga gastrol safariga er-xotin birga ketayotganimizda bo‘ldi. Sababi avvalroq qaynonamni ogohlantirmaganimiz ekan. Aslida men aytaylik, deganimda, Sharof “Vaqti kelaversin, aytamiz”, deb orqaga surgandi. Ko‘chada ketayotganimizda unga qo‘ng‘iroq qilib “Nega anavi menga aytmadi, bunaqa kelin kerakmas menga. Uyga qadamini bosmasin” deb baqir-chaqir qilgan. Vaholanki, ular mening san’atkorligimni bilib kelin qilishgandi. Yana men ularga uy qurib berishim kerak edi. Aksincha, men ularning tayyor uyiga borib yashashim kerakmasmidi?
, — deydi xonanda.

Foto: YouTube
Sevinch yangi kelinlik paytida Sharof uni qattiq kaltaklagani haqida ham gapirdi.

Bir oylik kelinchak paytimda qattiq do‘pposlagan. Uyga kelayotganida qo‘ng‘iroq qilganim uchun. Yonida do‘sti bo‘lgan, kelyapsizmi deganimni eshitgan va “Xotiningni hozirdan qattiq ushla, esini kirg‘izib qo‘y, sendan qo‘rqib tursin”, deb “maslahat” bergan. Yarim kechasi uyga kelib do‘pposlagan, urmagan joyi qolmagan. Dod-voy ovozini eshitib hech kim chiqmagan. Xo‘rligim kelib, narsalarimni yig‘ishtirib, ketaman, deganimda, yana kechirim so‘rab olib qolgan.

Sevinch qaynonasining uydan haydab yuborishi ortidan boshqa uyga ko‘chib chiqqani, lekin baribir turmushi o‘xshamagani haqida shunday deydi:

Turmushimizga 4 oy bo‘lganda onamnikiga Farg‘onaga borganmiz. Qaynonam qo‘ng‘iroq qilgan, eshitmay qolganmiz. Keyin gaplashganimizda menga bunday kelin kerakmas, uyga qaytib kelmasin, degan. Nega kelmasligim kerak, borganman. Faqat erim “Ket” desagina ketaman, deganman. Uyda qaysi xonaga kirsam orqamdan kirib, haydardi qaynonam. Juda yomon gaplar aytgan, gap qaytarmasdim. Oxiri bir qattiq aytgan gapini deb ketganman. Shunda Sharof meni alohida uyga olib chiqqan. 4 yil o‘sha uyda onasidan berkitib yashadim. Bir kun men bilan, bir kun onasi bilan yashardi. Keyinchalik 4 kun onasi, 1 kun men bilan yashaydigan bo‘ldi. Bu hayot, hayot emasda. Qizim chaqaloqligida kasal bo‘lardi, hamma narsasiga o‘zim yugurardim. Yarim kechasi dorixona, shifoxonalarga o‘zim olib borardim. Opasi ham ukasini juda qizg‘onardi, doim janjal ko‘tarardi, xotiningni mendan ko‘proq yaxshi ko‘rasan, deb, — deydi xonanda.

Sevinch qizi Leyla bilan
Foto: Instagram

Alohida chiqib ketdim va 6 yildan keyin qaynonam saraton kasaliga chalindi. Shundan keyin Sharofning muomalasi menga qattiq o‘zgardi. “Borib qaraymi?”, deganimda yo‘q, dedi. Aytishlaricha, onasini men kasal qilib, jonini olgan ekanman. Men oilamizni saqlab qolishga oxirigacha harakat qildim. Boshidan boshlaylik, deganimda ham, qarindoshlarim, do‘stlarim nima deyishadi, degandi. Shundan keyin bilganman bu odamning o‘zining fikri yo‘qligini. Hozir ham menga turmush qurish taklifi bilan ko‘p chiqishadi, ammo qizimga chin otalik qila oladigan, meni doim himoya qilib, yonimda turadigan inson bo‘lsagina rozi bo‘lishim mumkin, taqdir qilmagan bo‘lsa, bunga ham roziman”, — deya so‘zlarini davom ettiradi xonanda.

- Sharof Muqimov va Sevinch Mo‘minova 2010 yilda turmush qurgan, ularning to‘yi katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.
- 2011 yilda ular qiz farzandli bo‘lgandi.
- 2016 yilda ular qonunan ajrashgani ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sevinch Mo‘minova Sharof Muqimovning xiyonatlari va marhum qaynonasining uyga sig‘dirmagani haqida gapirdi