
Foto: Dhul Hijjah
Saudiya Arabistoni islom taqvimidagi eng muqaddas oylardan biri bo‘lgan Zulhijja oyi boshlanishidan darak beruvchi Zulhijja yarim Oyining ko‘ringanini e’lon qildi.
Yarim Oy ko‘ringanidan so‘ng (Iyd al-Adha) Qurbon hayiti 16 iyun kuni nishonlanishi kutilmoqda. Musulmonlarning asosiy bayrami oldidan arafa kuni esa 15 iyunga to‘g‘ri kelmoqda.
Qirollik Oliy sudi bir kun avval aholini Zulhijja Oyini kuzatishga chaqirgan.
Qurbon hayitida musulmonlar birgalikda namoz o‘qiydilar, xayriya ishlari bilan shug‘ullanadilar va odatda qo‘y so‘yib, qurbonlik keltiradilar. Islomning besh arkonidan biri bo‘lgan haj ziyorati shu oyda amalga oshiriladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar