12:10 / 08.06.2024
77

Toshkentdagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi

Toshkentdagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi
Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniy meros agentligi Toshkent shahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod etilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, poytaxtda koshinkor qadamalarni saqlab qolish va ularni to‘sib turgan reklama qurilmalaridan xalos etish dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. Hammasi bo‘lib 70 dan ortiq mozaika, ulardan 40 dan ziyodi aprel oyidan iyunning boshigacha tashqi to‘siqlardan xoli qilingan. Eng so‘nggi reklama banneri Beruniy ko‘chasi, 2-uy binosidan yechilgan.

"Biz keng jamoatchilikka o‘z minnatdorchiligimizni izhor etib, mozaikalar haqidagi ma’lumotlarni [email protected] elektron pochta manziliga yuborish mumkinligini eslatib o‘tamiz", — deyiladi xabarda.

Mart oyi oxirlarida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahri va viloyatlardagi 160 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan edi. Shu qaror bilan mozaikali binolarga reklama bannerlarini o‘rnatish taqiqlangan. 5 aprel kuni ham Toshkentning Mirobod ko‘chasida joylashgan mozaikali binodan reklama banneri olib tashlangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi