23:04 / 10.06.2024
126

Bosh prokuratura: Ekilmagan bir milliondan ziyod ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan

Bosh prokuratura: Ekilmagan bir milliondan ziyod ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan
«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 541 ta holatda amalda ekilmagan bir milliondan ziyod ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan. Bu haqda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i O‘ktam O‘tayev ma’lum qildi.

Qayd qilinishicha, bahor mavsumida 139 mln tup daraxt ekilgani to‘g‘risida elektron platformaga ma’lumot kiritilgan. Biroq, 541 ta holatda amalda ekilmagan bir milliondan ziyod ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan.

Shuningdek, 441 ta holatda 580 ming tup ko‘chat sug‘orish tizimi bo‘lmagan joylarga ekilgan. 35 ta holatda yetkazib berilgan ko‘chatlar o‘z vaqtida ekilmagani sababli 19 mingdan ortiq ko‘chat nobud qilingan.

O‘tayev bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 7232 ta noqonuniy daraxt kesish holati aniqlanib, har bir nobud qilingan daraxt uchun 100 tup ko‘chatni komensatsiya tarzida ekish majburiyati yuklangan.

Noqonuniy daraxt kesish holatlari moratoriy e’lon qilinishi natijasida ikki barobarga kamaygani ta’kidlanmoqda (2020 yilda 10536 ta, 2023 yilda 5472 ta).

Tabiatga yetkazilgan zarar va ziyon uchun kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha 400 mlrd. so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura: Ekilmagan bir milliondan ziyod ko‘chat hisobotlarga qo‘shib yozilgan