15:53 / 11.06.2024
260

Toshkentda kuzatilgan chaqnash va portlash ovozi bo‘yicha ma’lumot berildi

Toshkentda kuzatilgan chaqnash va portlash ovozi bo‘yicha ma’lumot berildi
Foto: Videodan kadrlar
Toshkentning Yunusobod tumanida yorqin chaqnash bilan birga portlashga o‘xshash kuchli ovoz eshitilgani haqida xabarlar va holat aks etgan videolar tarqaldi. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” bunga izoh berdi.

Ma’lum qilinishicha, 10 iyun kuni kech soat 23:59 da Yunusobod tumani hududida joylashgan podstansiya “Aksa”dan podstansiya “Sokin”gacha uzunligi 13 kilometrga yaqin bo‘lgan 110 kVt li “L-Sokin-1” yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo tarmog‘idagi eski simlarni yangi zamonaviy rusumdagi havo tarmog‘iga almashtirish ishlari olib borilgan.

Tunda ta’mirlash ishlari yakunlangach, 110 kVt li havo tarmog‘iga kuchlanish berilganda, hududdagi 25-ustun (opora)dagi eski farfor chig‘anoq muddati o‘tgani sabab yuqori kuchlanishda singan.

Foto: “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi”
Qayd etilishicha, ayni vaqtda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” MCHJning Yuqori kuchlanishli tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish xizmati tomonidan yuqori kuchlanishli ustunlardagi farfor chig‘anoqlar yangi shisha chig‘anoqlarga almashtirilmoqda.

Tuman hududida 110 kVt li havo tarmog‘i orqali elektr energiyasidan uzilishlar yo‘q, hudud to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda kuzatilgan chaqnash va portlash ovozi bo‘yicha ma’lumot berildi