105
Ozarbayjon kompaniyasi Surxondaryoda 30 mingga yaqin ko‘p qavatli uylar qurishni rejalashtirmoqda
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov bugun Ozarbayjondan tashrif buyurgan Tobus Bashtiyan Ltd kompaniyasi rahbari Naig Mammadxasanov va Kaspian Kapital Group kompaniyasi rahbari o‘rinbosari Adalat Axunovni qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda mehmonlarga viloyatning investitsion salohiyati va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar taqdimot qilingan.
Xususan, uzumchilik va vinochilik, “Omonoxona” va “Sangardak” hududlarida turizm loyihalarini amalga oshirish, Termiz shahridagi eski uylarni renovatsiya usulida hamda bo‘sh turgan yer maydonlarida 30 mingga yaqin ko‘p qavatli turar joylar va zamonaviy yo‘llar qurish yo‘nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Mehmonlar mavjud imkoniyat va sharoitlar ma’qul ekanligini bildirib, loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish hamda qisqa muddatlarda loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar