Qoraqalpog‘istonda fuqaroga tegishli sirni fosh qilib, uni mansab vakolatidan foydalangan holda javobgar qilmoqchi bo‘lgan IIB mansabdori tovlamachilikda ayblanmoqda. U bu harakatlarni amalga oshirmaslik evaziga fuqarodan iPhone 15 Pro Max talab qilgan.
Foto: Telegram
“Daryo” manbasining ma’lumot berishicha, DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasiga murojaat qilgan fuqaro Qo‘ng‘irot tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosarini javobgarlikka tortishni so‘ragan. Murojaatchining bildirishicha, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, mayor unvoniga ega mansabdor uning shaxsiy sirini bilishini, agar unga iPhone 15 Pro Max olib kelmasa, o‘sha sirni fosh qilib, o‘zini javobgar qilmoqchiligini aytgan.
Bundan qo‘rqib ketgan fuqaro DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasiga murojaat qilib, yordam so‘ragan.
Foto: Telegram
DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Qo‘ng‘irot tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarodan talab qilingan iPhone 15 Pro Max'ni olayotgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi