00:59 / 14.06.2024
440

Sherzodxon Qudratxo‘ja deputatlar tashabbusi haqida: «Bu og‘ziga botir odamlarni o‘rniga qo‘yadi»

Sherzodxon Qudratxo‘ja deputatlar tashabbusi haqida: «Bu og‘ziga botir odamlarni o‘rniga qo‘yadi»
Bir guruh deputatlar «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ishlab chiqdi.

Bunga O‘zbekiston suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilash zarurati sabab bo‘lgan. Loyihani tayyorlashda Qozog‘iston, Ozarboyjon, Rossiya, Polsha, Belarus, Xitoy kabi davlatlar tajribasi o‘rganilgan.

Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bilan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda bo‘lishini nomaqbul deb topish asoslari va tartibi belgilanmoqda. Agarda ular respublika davlat suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligiga zid bo‘lgan, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, O‘zbekiston xalqi sha’ni, qadr-qimmati yoki tarixini tahqirlovchi gaplarni aytsa, yuqoridagidek davlatda bo‘lishi nomaqbul deb topiladi.

Milliy media birlashmasi boshqaruvi raisi, O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja Kun.uz'ga bergan izohida gap davlat sha’ni haqida ketayotganida bag‘rikenglik qilish kerak emasligini ta’kidlagan. Uning fikricha, davlatda bo‘lishga nomaqbul deb topilganlarga respublikadan chiqib ketgani 10 kun ham emas, 3 kun muhlat berishning o‘zi yetarli bo‘ladi.

«Kuni kecha deputatlarimiz yangi qonun loyihasini kiritishgani meni juda quvontirdi. O‘zbekistonning yaqin 33 yildagi tarixida parlamentning shu qonunni qabul qilishga bo‘lgan harakati juda muhim. O‘zbekiston tarixi juda ko‘hna, juda boy o‘tmishga ega, lekin biz ko‘p yillar shunga qaramasdan bizga qaratilgan gaplarga chidab keldik, yuzaki qaradik, gapiradi-da ketadi, dedik, ammo bu to‘xtamadi.

Shuning uchun o‘ylaymanki, mana shunday huquqiy darajada belgilanishi shunaqa og‘ziga botir odamlar va tashkilotlarni o‘rniga qo‘yishga, ularga nisbatan taqiq, cheklov qo‘yishga juda yaxshi huquqiy asos bo‘ladi. Har bir o‘zini hurmat qilgan davlatning qonunchiligida shunday norma bo‘lishi kerak. Biz o‘zbeklarga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, mehmondo‘stlik tufayli bu narsaga e’tibor bermadik, balki. Lekin gap mamlakat tarixi, o‘zligi, dunyo tamaddunida qo‘shgan hissasi haqida borar ekan, bunaqa bag‘rikenglikni chetga olib qo‘yishimiz kerak. Biz uchun bu yerda milliy manfaatlarimiz, tariximiz va kelajakka qaralgan nuqtayi nazarlarimiz sababidan shunday qaror qabul qilinishi juda ham to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylayman
», deydi Qudratxo‘ja.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzodxon Qudratxo‘ja deputatlar tashabbusi haqida: «Bu og‘ziga botir odamlarni o‘rniga qo‘yadi»