Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.
“Malika Qayumova teatr san’atida o‘ziga xos o‘chmas iz qoldirgan noyob iste’dod egasi, o‘z kasbiga sadoqatli va fidoyi san’atkor sifatida qalblarimizda mangu yashaydi”, — deyiladi xabarda.
Malika Qayumova 1954 yil Toshkent viloyatida tavallud topgan. Ma’lumoti oliy. 1976 yili Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini bitirgan. Institutni bitirgach, o‘zbek drama teatrida o‘z faoliyatini boshlagan. 1993 yildan boshlab Muqimiy nomidagi musiqali teatrda faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Malika Qayumova o‘z ijodiy faoliyati davomida teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq spektakllarda bosh qahramon rollarini ijro etgan. Jumladan, “Taqdir”da amma, “Devona”da ona, “Fotima va Zuhra”da ona, “Alpomish”da Kuntug‘mish, “Pari qishloq”da ona, “O‘lding, aziz bo‘lding”da ona, “Xonuma”da Tekle, “Toshkentning nozanin malikasi” da Xayri, “Superqaynona-2” da Hojar, “Oyonam-qaynonam”da Qumri, “Qizi borning-nozi bor”da quda kabi obrazlari mutaxassislar tomonidan yuqori baholangan.
U 2011 yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan mukofotlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»