14:18 / 15.06.2024
48

Uchtepa tumanida Mercedes-Benz mikroavtobusida yong‘in kelib chiqdi

Uchtepa tumanida Mercedes-Benz mikroavtobusida yong‘in kelib chiqdi
Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
2024 yilning 15 iyun kuni soat 11:30 larda Uchtepa tumani THAY ko‘chasi 18-avtobuslar saroyi qarshisida yong‘in sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Mercedes-Benz rusumli transport vositasining salon qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv bo‘lganligi sababli, yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepa tumanida Mercedes-Benz mikroavtobusida yong‘in kelib chiqdi