19:12 / 20.06.2024
84

Parkent bozori oldida to‘xtab turgan “Damas” avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi

Parkent bozori oldida to‘xtab turgan “Damas” avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Toshkent viloyati Parkent tumanida “Damas” mashinasida yong‘in kelib chiqqan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa bugun, 20 iyun kuni soat 16:00 larda sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, 4R-15 “Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor” avtomobil yo‘lining 56-kilometrida, Parkent bozori qarshisida 39 yoshli haydovchi J.B.ga tegishli bo‘lgan, to‘xtab turgan “Damas”da yong‘in yuzaga kelgan.

Oqibatda mashinaning bir qismi yonib ketgan. Hodisa sodir bo‘lgan vaqtda avtomobilda hech kim bo‘lmagan va harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Parkent tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Parkent bozori oldida to‘xtab turgan “Damas” avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi
ePN