Braziliyalik futbol ishqibozi o‘zining 13 nafar o‘g‘lini taniqli futbolchilarning ismlari bilan nomlagan. Bu haqida "Kun.uz" ma’lum qildi.
40 yoshli Iriney Kruz va uning turmush o‘rtog‘i Jusileyda Silva bemalol o‘z o‘g‘illaridan futbol jamoasini tuzishlari mumkin. 1 oylikdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning barchasi Braziliya va butun dunyoga dong‘i ketgan futbolchilarning ismi bilan atalgan.
Juftlik qiz farzand tug‘ilishini juda istaydi, ammo hozirga qadar oila faqat o‘g‘illar hisobiga kengaymoqda. Konseysan-du-Koyte qishlog‘ida yashovchi er-xotin 13-farzandining qiz bo‘lishini juda xohlashgan edi, biroq oilada yana bir o‘g‘il dunyoga keldi. Uni braziliyalik afsonaviy futbolchi "So‘yloq" sharafiga Ronaldo deb nomlashdi.
Kichik Ronaldo 18 yoshli Robson, 17 yoshli Reynan, 15 yoshli Rayan, 14 yoshli Rubens, 13 yoshli Rivaldo, 12 yoshli Ruanu, 10 yoshli Ramon, 9 yoshli Rinkon, 7 yoshli Rikelme, 5 yoshli Ramires, 3 yoshli Rai va 2 yoshli Rafaellardan iborat katta "jamoa"ga qo‘shildi.
Juftlik to‘ydan oldin o‘zaro kelishib olgan: agar oilada o‘g‘il tug‘ilsa, ularga otasi ism qo‘yadi, qiz dunyoga kelsa - onasi.
Irineyning dunyodagi eng yaxshi futbolchilarning ismi "R" harfidan boshlanishiga ishonchi komil, shu bois uning barcha o‘g‘illariga qo‘yilgan ismlar shu harfdan boshlangan. U loaqal bir farzandining mashhur futbolchi bo‘lib etishishini orzu qiladi. "Ularning barchasi yaxshi futbolchilar, ayniqsa, Robson va Rayan - ular bizning yulduzli hujumchilarimiz", - deydi g‘urur bilan Iriney. U dam olish kunlari o‘g‘illari va qishloqning futbol jamoasi o‘rtasidagi o‘yinga hakamlik qiladi.
Oila bekasining so‘zlariga ko‘ra, ularning birgina tushlik qilishi uchun odatda bir kilogramm guruch, bir kilogramm dukkaklilar va juda katta qadoqli makaron mahsulotlari ketadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi