96
Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va AQSH diplomatlari O‘zbekistondagi qamoqxonani ko‘zdan kechirdi
Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi va AQSH diplomatlari O‘zbekiston qamoqxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda mazkur davlatlar elchixonalari xabar berdi.
Unga ko‘ra, 20 iyun kuni Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart, Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adriayen va AQSH missiyasi rahbari o‘rinbosari Pol Poletes O‘zbekiston hukumati taklifiga binoan Toshkent viloyati Chirchiq tumanidagi koloniyaga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida diplomatlarga mahkumlarga tibbiy yordam va davolash xizmatlari ko‘rsatuvchi markazlar hamda kiyim-kechak va mebel ishlab chiqaruvchi ikkita ustaxona ko‘rsatildi. Shuningdek, qamoqxona xodimlari ushbu muassasada jazo muddatini o‘tayotganlarning kundalik hayoti haqida alohida taqdimotlar qildi.
Ushbu tashrif O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning muhim bosqichi hisoblanadi. Diplomatlar qamoqxona xodimlarining ochiqligini e’tirof etdi va so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldi.
O‘zbekiston “Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning fakultativ protokoli”ni (OPCAT) ratifikatsiya qilishini e’lon qildi. Buning bir qismi sifatida Milliy profilaktika mexanizmi doirasida qamoqda saqlash joylari bo‘yicha har tomonlama va mustaqil hisobotlarni yuritib borish yo‘lga qo‘yiladi. Mustaqil tekshiruvlarni amalga oshirish adliya sohasini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarni ilgari surishda O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga sodiq sherik bo‘lib qoladi hamda bu sohadagi hamkorlikni davom ettirishga umid qiladi.
“O‘zbekistonning mamlakatda inson huquqlarini yaxshilash yo‘lida bardavom ekanini ko‘rish quvonarlidir. Biz Buyuk Britaniyada qamoqxonalar bilan bog‘liq ko‘p muammolarga duch kelganmiz. Ochiq muhokama va mustaqil tekshiruvni yo‘lga qo‘yish orqali biz ulardagi sharoitlarni yaxshilashga muvaffaq bo‘lganmiz. Bunday imkoniyat uchun O‘zbekiston hukumati va 13-qamoqxona rahbariyatidan juda minnatdorman. Bugun ko‘rgan joylarimizda ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va reabilitatsiyaga qaratilayotgan e’tibor meni hayratda qoldirdi. Bu yerda olinayotgan hayotiy ko‘nikmalar insonlar uchun ham, ularning mahallalari uchun ham alohida qimmatga ega”, — deydi Buyuk Britaniya elchisi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi