20:55 / 21.06.2024
213

Toshkentda ona ikki nafar yosh bolasini begona ayolga tashlab ketdi

Toshkentda ona ikki nafar yosh bolasini begona ayolga tashlab ketdi
Foto: Bolalar ombudsmani
Toshkentda ayol ikki yosh bolasini begona ayolga tashlab ketib, bir oydan ortiq vaqt xabar olmadi.

Bolalar ombudsmanining ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorligi doirasida aniqlanishicha, Olmazor tumanida yashovchi ayol Q.N.dan murojaat kelib tushgan. Unda ijtimoiy tarmoq orqali tanishgan ayol M.M. uning ishonchiga kirib, o‘zining ikki nafar (2024 yilda tug‘ilgan ikki oylik chaqaloq va 2022 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalarni) yosh bolasini tashlab ketganini bildirgan.

Ayol 45 kun avval tashlab ketgan bolalarni o‘zi boqib kelayotganini, shu vaqt ichida ona biror marta ham bolalardan xabar olmaganini bayon etgan.

Hozirda ikki nafar bola bolalar uyiga (3 yoshgacha bolalar uchun umumiy tipdagi) vaqtincha joylashtirildi.

Bolalarning onasi bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lib, uning qaramog‘ida bo‘lgan kichik yoshdagi farzandlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmagani holatiga huquqiy baho berish jarayoni bormoqda.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda ona ikki nafar yosh bolasini begona ayolga tashlab ketdi