Foto: Dunyo
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi vakillaridan iborat mamlakat delegatsiyasining Italiyaga xizmat safari tashkil etildi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, tashrifdan ko‘zlangan maqsad chorvachilik sohasida hayvonlarni identifikatsiya qilish bo‘yicha ilg‘or tajribani o‘rganishdan iborat bo‘ldi.
Mamlakat delegatsiyasi safar chog‘ida Italiya qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari va Chorvachilik uyushmasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida Italiya tomoni mamlakat chorvachilik sohasiga innovatsion usullarni joriy etish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish borasidagi islohotlarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston delegatsiyasi vakillari BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) qarorgohida mazkur tashkilotning chorvachilik va veterinariya departamenti mutasaddilari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv yakunida chorvachilik sohasida zamonaviy bilim va innovatsiyalarni joriy etishda FAOning xalqaro ekspertlarini jalb qilish va yangi tashabbuslarni ishlab chiqishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi