Toshkent viloyati Mirzo Ulug‘bek tumanida qizchaga akasi sovg‘a qilgan marvarid o‘g‘irlangan bo‘lib chiqdi. Bu haqda viloyat IIBB xabar berdi.
Unga ko‘ra, hududdagi xonadonlarning birida katta miqdorda pul va qimmatbaho taqinchoqlar o‘g‘irlangan. IIO FMB tezkor-tergov guruhi xodimlari voqea joyiga yetib borganda eshik qulfi buzilmaganini ko‘rgan. Aniqlanishicha, gumondor deraza orqali uyga kirgan.
Surishtiruvlar natijasida jinoyatni 6 marta o‘g‘rilik qilib, qamalib chiqqan gumondor yigit so‘roq qilingan. Tergovda u aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan. Uning uyi tintuv qilinganda ashyoviy dalillar topilmagan. Shu payt uning singlisi uyga kirib kelgan. Xodimlar qizchaning bo‘ynidagi marvarid qimmatbaho ekanini sezgach, tergovchi qizcha bilan suhbatlashish uchun tajribali pedagogni taklif etgan.
Qizcha durni akasi tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilganini aytgan. O‘g‘rilik ham aynan shu kunda sodir bo‘lgani qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi