Foto: Videodan kadr
Qarshi tumanida yashovchi yigit Qarshi davlat universiteti hovlisida 4-bosqich talabasi bo‘lgan qizni o‘ldirish maqsadida unga bir necha marta pichoq bilan zarba bergan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, hodisa 2024 yil 22 iyun kuni soat 8:15 larda sodir bo‘lgan.
Qarshi tumani, “Uzunnavo” MFYda yashovchi yigit M.E. Qarshi davlat universitetiga kelib, 4-bosqich talabasi S.T. ni qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan. U o‘zi bilan birga olib kelgan oshxona pichog‘ini qizning tanasiga bir necha marotaba sanchgan.
So‘ng pichoqni o‘zining qorin sohasiga ham sanchib, og‘ir tan jarohati yetkazib, RSHTYOIAM Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, M.E. o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan S.T.ning oila a’zolari qizning unga turmushga chiqishiga qarshilik qilgani sababli, u bilan o‘zaro janjallashib, uni qasddan o‘ldirish maqsadida 22 iyun kuni ertalab universitetga kelgan.
U S.T.ni yoniga chaqirib, u bilan o‘zaro tortishgan va universitet 2-o‘quv binosi oldida qizga pichoq bilan zarba bergan. Atrofdagilar tomonidan uning jinoiy xatti-harakatlari to‘xtatib qolingach, pichoqni o‘ziga urgan.
Qayd etilishicha, M.Erkinovning harakatlarida Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari mavjudligi sababli unga nisbatan shu modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi