Foto: O‘zbekiston temiryo‘llari
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Koreya Respublikasi prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi chog‘ida "O‘zbekiston temiryo‘llari" aksiyadorlik jamiyati va Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem kompaniyasi o‘rtasida 250 km/soat tezlikka mo‘ljallangan oltita tezyurar poyezdni yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolandi, deb ma’lum qilingan materialda.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan tezyurar poyezd KTX-Eum poyezdining o‘xshashi bo‘lib, u o‘z navbatida 430 km/soat tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan HEMU-430X tezyurar poyezdi negizida yaratilgan. Har biri yetti vagonli poyezd 389 o‘ringa ega bo‘ladi va VIP, biznes va ekonom klasslarni, shuningdek, ovqatlanish vagonini o‘z ichiga oladi.
"O‘zbekistonga taqdim etilayotgan tezyurar poyezd "Jaloliddin Manguberdi" deb nomlanadi. Ushbu tezyurar poyezd ishga tushgach, Toshkentdan Xivagacha bo‘lgan masofa yetti soatda bosib o‘tilishi kutilmoqda", – deyiladi materialda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi