Foto: "Dunyo" AA
O‘zbekiston bosh konsuli Zafarbek Ahmedov Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasining Jalolobod viloyati boshqarmasi raisi Maadanbek Karayev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston hududlari va Jalolobod viloyati o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniyat va turizm sohalarida yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Qirg‘iziston vakili so‘nggi yillarda ikki do‘st mamlakat, shu jumladan, Jalolobod va Namangan viloyatlari o‘rtasida hamkorlik barcha jabhalarda izchil rivojlanib borayotganidan mamnunlik bildirdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari, Jalolobod va Namangan viloyatlari rasmiy va ishbilarmon doira vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish xususida fikr almashildi. Ushbu viloyatlar o‘rtasidagi sheriklikni yanada kuchaytirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini qayd etildi.
Muzokaralar yakunida qurilish sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish, O‘zbekistondan qurilish mahsulotlari importi hajmini oshirish, sayyohlar almashinuvini ko‘paytirish va boshqalar bo‘yicha muloqotlarni davom ettirish to‘g‘risida kelishib oldilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi