
Kadr: Telegram
Farg‘ona viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy yer savdolariga chek qo‘yildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yilda O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan shaxs tumanning “Paxtaqaynar” MFYda joylashgan, otasi rahbarligidagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga 49 yil muddatga ijaraga berilgan 1 gektar 30 sotix yer maydonini fermer xo‘jaligi rahbarining xabarisiz 16 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan.
U kelishilgan puldan 10 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Boshqa bir holatda Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 51 yoshli shaxs “Guliston” massivi hududida joylashgan bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga 49 yil muddatga ijaraga berilgan 1 gektar yerni 25 ming dollarga sotishga kelishgani aniqlangan. U avans tariqasida 10 ming dollarni olganida qo‘lga tushgan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Farg‘ona ViloyatiNoqonuniy Yer SavdosiTezkor TadbirFiribgarlikFermer Xo‘jaligiO‘zbekiston Tumanida O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing