Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Surxondaryo va Andijon viloyatlarida valyuta ayirboshlash bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Qayd etilishicha, departamentning Shahrixon tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.R. fuqaro M.T.ga 5,1 ming dollarni 64,7 million so‘mga sotgan vaqtida ushlangan. Shuningdek, S.R.ning yonidan jami 8 240 dollar, 39,2 ming Rossiya rubli, 50 yevro va 33,2 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Sho‘rchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar O‘.M va B.M. fuqaro M.X.ga jami 3,1 ming dollarni 39,4 million so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonidan 10,6 ming Rossiya rubli, 3,5 million so‘m va 10 dollar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi