Foto: "Dunyo" AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, oliy maktab mamlakatning Ommaviy-huquqiy tadqiqotlar markazi tomonidan Germaniyaning Lyudvigsburg amaliy fanlar universiteti va Haymerer professional akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘zaro manfaatlarga asoslangan ushbu hamkorlik tibbiy ta’limni rivojlantirish va sog‘liqni saqlash tizimi uchun malakali mutaxassislar tayyorlashni o‘z ichiga oladi. Ta’lim muassasasining asosiy maqsadi sog‘liqni saqlash sohasi uchun yuqori malakali tibbiyot xodimlari va boshqaruv kadrlarini tayyorlashdan iborat. Tibbiyotga ixtisoslashgan muassasa o‘zbek va nemis tibbiyot ta’limining o‘zida mujassam etgan ilg‘or an’analari, standartlari va amaliyotlarini joriy etib boradi.
Salomatlik oliy maktabi ko‘p bosqichli ta’lim dasturini taklif etadi. Nemis tili bo‘yicha to‘qqiz oylik ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik bosqichi va unda talabalar kelajakdagi kasbiy ta’lim va xalqaro muhitda ishlash uchun zarur bo‘lgan nemis tilini yetarli darajada o‘zlashtiradilar.
Uch yillik kasbiy ta’lim – ushbu bosqichda talabalar turli tibbiyot muassasalarida ishlash uchun zarur bo‘lgan mutaxacsislik bo‘yicha asosiy va maxsus bilimlarni oladilar. 2026 yildan boshlab esa tibbiyot va sog‘liqni saqlashni boshqarish yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan yanada chuqurlashtirilgan to‘rt yillik bakalavriat va ikki yillik magistratura ta’limi joriy etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi