465
Halima Ibragimova oshqozonini kestirganidan so‘ng ham 150 kilo vaznini saqlab qolgani haqida gapirdi
Komik aktrisa Halima Ibragimova bloger Ozod Xurramovga bergan intervyusida bugungi vazni va bir necha yil avval oshqozonini qisqartirish amaliyotini qildirishga majbur bo‘lgani haqida gapirdi.
Foto: Instagram / @xalimaxonim
— Hozirgi vaznim 150 kilogramm. O‘zimni yengil his qilaman, bundan hech qachon shikoyat qilmayman. Ammo karantindan avval ortiqcha vazn to‘plab, salomatligim bir oz yomonlashgandi. Ya’ni oyog‘im og‘rib, o‘zimni yomon his qilganim uchun shifokorlar oshqozon qisqartirish operatsiyasini o‘tkazishni maslahat berishgan. Bolalikdan vaznim katta bo‘lgan, hatto bog‘cha yoshida ham do‘mboqqina qiz bo‘lganman. Ammo hech qachon vaznim salomatligimga yomon ta’sir etmagandi. Sog‘lig‘im birdan yomonlashgach, ortiqcha vazndan qutulishim kerak, deb operatsiyaga rozi bo‘ldim.
Shifokorlar “Oshqozonning ko‘proq qismini olib tashlaylik, ozib, xushbichim bo‘lib qolasiz”, deyishdi. Ammo buni istamadim. Faqatgina oshqozonning 40 foizini olib tashlashlariga rozi bo‘ldim, xolos. Chunki men katta vazn tashlasam, Halimaga o‘xshamay qolardim. Tirikchilik nima kechadi, deb o‘ylagan bo‘lsam kerak. Ammo juda yaxshi tashladim. Adashmasam, o‘sha vaqtdagi vaznim 128 kilogramm bo‘lgandi. Ammo hammasi nafsga bog‘liq. Diyeta qilmasa, oshqozon kestirgan bilan baribir 2-3 yilda ortiqcha vazn to‘planadi. Mana, yo‘qotganlarimning o‘rni to‘ldi, — deydi aktrisa Halima Ibragimova.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi