17:47 / 27.06.2024
354

“Sirdaryo suv ta’minoti” AJning 3 nafar xodimi chiqindi suvni haydaydigan quvurga tushib ketdi

“Sirdaryo suv ta’minoti” AJning 3 nafar xodimi chiqindi suvni haydaydigan quvurga tushib ketdi
Foto: Kommersant’
“Sirdaryo suv ta’minoti” AJning uch nafar ishchisi chiqindi suvlarni shahardan tashqariga haydaydigan quvurga tushib ketgan. Kun.uz manbasining xabar berishicha, hodisa bugun, 2024 yil 27 iyun kuni tushga yaqin sodir bo‘lgan.

FVB xodimlari ikki nafar ishchini chiqindi suvdan olib chiqishgan va ular shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ishchilarning ahvoli o‘ta og‘irligi aytilmoqda. Bir nafar ishchi halok bo‘lgan va uning jasadini qidirish ishlari olib borilmoqda.

“O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodovning xabar berishicha, “Sirdaryo suv ta’minoti” AJning uch nafar xodimida noma’lum zaharlanish kuzatilgan va ulardan biri vafot etgan.

Ma’lum qilinishicha, soat 10:00 larda Guliston shahrida joylashgan 5-oqova suv haydash nasos stansiyasidan viloyat FVBga tezkor murojaat kelib tushgan. Unda mazkur obyektda “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar filialining 3 nafar xodimida noma’lum zaharlanish holati kuzatilgani va ahvoli og‘irlashgani aytilgan.

Qayd etilishicha, xodimlardan biri H.I. vafot etgan. Qolgan ikki nafar xodim Z.B. hamda X.A. viloyat kasalxonasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar ularning ahvoli o‘ta og‘irligini ma’lum qilgan.

Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Sirdaryo suv ta’minoti” AJning 3 nafar xodimi chiqindi suvni haydaydigan quvurga tushib ketdi