15:36 / 28.06.2024
157

“Metallurg” futbol klubi xodimi cho‘kayotgan yigitni qutqarib qoldi

“Metallurg” futbol klubi xodimi cho‘kayotgan yigitni qutqarib qoldi
Foto: “Metallurg” futbol klubi
“Metallurg” futbol klubi xodimi Daniel Korshunov cho‘kayotgan fuqaroga yordam ko‘rsatib, uning umrini saqlab qoldi. Bu haqda futbol klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Daniel Korshunov har kuni ertalab va kechqurun klub qarorgohi yonidan o‘tuvchi kanal bo‘ylab sayr qilishga odatlangan. 27 iyun kuni u hamkasbi bilan suv yoqalab ketayotganida kimningdir kanalda bir ko‘rinib, bir ko‘rinmay cho‘kayotganiga ko‘zi tushgan.

Daniel o‘ylab o‘tirmasdan o‘zini kanalga otgan va cho‘kayotgan bolani kanal qirg‘og‘i tomon tortgan. Bu vaqt yordamga yetib kelganlar ham Danielga ko‘maklashgan.

Bekobodga ish yuzasidan Zafar shahridan kelgan otaxon farzandini qutqargan yigitlarga minnatdorchilik bildirdi, — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Metallurg” futbol klubi xodimi cho‘kayotgan yigitni qutqarib qoldi