14:17 / 03.07.2024
54

Zomin qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi

Zomin qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi
Foto: Ekologiya vazirligi
Zomin davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqon Turkiston silovsinini muhrlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turkiston silovsini oddiy silovsinning kenja turi bo‘lib, kelib chiqishi O‘rta Osiyoga borib taqaladi. G‘arbda Markaziy Osiyoda, Janubda esa Osiyodan Xitoy va Mo‘g‘ulistongacha keng tarqalgan mushuklar oilasining yirtqich vakilidir.

O‘rta Osiyoda Turkiston silovsini asosan ochiq o‘rmonlar va dashtlarda yashaydi, shuningdek, O‘rta Osiyoning cho‘l mintaqalaridagi toshli adirlar va tog‘larda ham uchrashi mumkin. Asosan quyonlar bilan oziqlanadi va bu yirtqich mushuklar 17 yilgacha umr ko‘radi. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.

Turkiston silovsini hozirgi kundagi soni Zomin davlat qo‘riqxonasida 17-19 tani tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zomin qo‘riqxonasidagi fotoqopqonga Turkiston silovsini muhrlandi
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru