14:24 / 03.07.2024
40

Sanepidqo‘mita: “One Chip Challenge” chipsining xavfsizligi tekshirilmagan

Sanepidqo‘mita: “One Chip Challenge” chipsining xavfsizligi tekshirilmagan
Foto: Sarah Dussault/MediaNews Group/The Mercury News via Getty Images
Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida “One Chip Challenge” chipsini iste’mol qilish bo‘yicha chellenj boshlangani, bu esa salomatlik bilan bog‘liq bir qancha ko‘ngilsiz holatlarga olib kelayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi holatga munosabat bildirdi.

Fuqarolarimizni “Ushbu mahsulot O‘zbekistonga ham olib kelinganmi?”, “Mahsulotga Sanepidqo‘mita tomonidan sanitariya-epidemiologik xulosa berilganmi?” degan savollar kelib tushmoqda.

Sanepidqo‘mita tomonidan “One Chip Challenge” mahsuloti uchun sanitariya-epidemiologik xulosa berilmaganligini, shu bilan birga ushbu mahsulotga xulosa olish bo‘yicha tadbirkorlar tomonidan murojaat ham bo‘lmaganligini ma’lum qilamiz
”, deyiladi munosabatda.

Sanepidqo‘mita fuqarolardan xavfsizligi tekshirilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid va iste’mol qilmaslikni so‘ragan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sanepidqo‘mita: “One Chip Challenge” chipsining xavfsizligi tekshirilmagan