253
Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekov kiyim do‘konini reklama qilganiga munosabat bildirdi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyimlar do‘konini reklama qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Madaniyat vazirligi mazkur holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Ozodbek Nazarbekov The Voice of Uzbekistan loyihasi hakamlar hay’ati a’zosi sifatida Kingsman Uzbekistan kiyimlar do‘koniga tashrif buyurib, loyihaning navbatdagi sonini tasvirga olish jarayonida qatnashish uchun loyiha imijmeykerlari bilan birgalikda libos tanlagan.
Libos tanlash jarayonida lavhada aytib o‘tilganidek, madaniyat vaziri milliy brend rivoji uchun o‘zining shaxsiy fikrlarini bildirib, tavsiya berib o‘tgan.
“Bu orqali mamlakatimizda yaratib berilgan qulay biznes muhiti tufayli faoliyatini samarali yo‘lga qo‘ygan, xorijnikidan aslo qolishmaydigan sifatli mahsulotlar tayyorlashga intilayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash nazarda tutilgan”, — deyiladi munosabatda.
Ta’kidlanishicha, bundan Ozodbek Nazarbekovning hech qanday moddiy manfaatdorligi yoki reklama orqali naf olish maqsadi ko‘zlanmagan.
"Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri, qolaversa, O‘zbekiston xalq artisti va davlat xizmatchisi sifatida O‘zbekiston Respublikasining barcha qonunlarini hurmat qiladi va ularga qat’iy rioya etadi. Shu o‘rinda, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikdan holatga xolisona baho berishlarini, jarayonni noo‘rin ayblovlar bilan yoritmasliklarini so‘rab qolamiz", — deya qayd etiladi munosabatda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi