Soliq qo‘mitasida joriy yilning 1-yarimyillik yakuni va 3-chorakdagi dolzarb vazifalar yuzasidan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Qo‘mita raisi Sherzod Kudbiyev rahbarligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan Hay’at majlisida qayd etilishicha, joriy yilning 1-yarimyilligida budjetga 85,8 trln so‘m miqdorida soliq tushumlari ta’minlanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,5 foizga, hududlarda 24,4 foizga, tumanlarda 37 foizga o‘sgan.
Mol-mulk solig‘i tushumlari esa 37,6 foiz, yer solig‘i 31,2 foiz, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 21 foiz, AOS 19 foiz va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 18 foizga o‘sgan.
Hududlarda foyda solig‘i tushumi 32,3 foiz va QQS 20,6 foizga o‘sdi. Pensiya jamg‘armasiga 23,1 trln so‘m tushirilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 trln so‘mga (16 foiz) oshdi.
Yig‘ilishda, shuningdek, xizmat vazifasini bajarish va soliq ma’murchiligini ta’minlashda jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar faoliyati jiddiy tanqid qilinib, tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, berilgan ogohlantirishlar, profilaktik suhbatlar, ko‘rilgan intizomiy choralardan xulosa chiqarmasdan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan hamda belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichlari past bo‘lgan Qashqadaryo, Andijon, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari, Paxtaobod, Izboskan, Sharof Rashidov va Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshliqlari hamda 25 nafar mas’ullar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
Bundan tashqari, 150 nafarga yaqin xodimga intizomiy choralar belgilandi 15 nafar xodimning unvoni 1 pog‘onaga pasaytirildi.
Yig‘ilishda hududiy soliq organlari va markaziy apparat rahbar hamda mas’ulllarning hisobotlari eshitilib, 3-chorakda soliq tushumlarini kamida 20 foizga oshirish, qo‘shimcha manbalarni jalb etish, soliq to‘lovchilarga ko‘maklashish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda soliqsiz tushumlarni ta’minlash bo‘yicha tegishli organlar bilan hamkorlik samaradorligini yanada oshirish, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish yo‘nalishlarida aniq muddatli vazifalar belgilab olindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi