Uzun tumanida yashovchi A.Ikramov Toshkent viloyatida yashovchi S.Sattorova bilan o‘zaro tanishadi va bir-birlariga ko‘ngil qo‘yib ota-onalarining roziligi bilan oila qurishadi. Afsuski, bir nafar farzandli bo‘lishgandan so‘ng oradan ko‘p vaqt o‘tmasdan o‘zaro kelishmovchiliklar sabab ajrashishga qaror qilishadi.
Otalik mas’uliyatini his qilmagan A.Ikramov aliment to‘lashdan ham bo‘yin tovlab qochib yurganligi sababli Majburiy ijro byurosi Uzun tuman bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilinadi.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida qarzdor ota Toshkent shahridagi “Farhod” dehqon bozorida savdo-sotiq ishlari bilan band bo‘lgan vaqtida qidirib topildi.
Qidiruvda bo‘lgan qarzdor ota A.Ikramovning Toshkent shahridagi jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudidan videokonferensiya orqali ishtiroki ta’minlanib, qo‘zg‘atilgan ma’muriy ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tuman sudi binosida taraflar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Bir nafar farzandi ta’minoti uchun jami 37,5 million so‘m aliment qarzdorligini to‘lashdan bosh tortib kelganligi sababli, sudning qarori bilan qarzdor otaga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi