Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yong‘in yuz berdi

Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar FVB matbuot xizmati
Qayd etilishicha, bugun, 6 iyul kuni soat 11:20 da Toshkent xalqaro aeroporti vokzal oldi maydonida yangi “Terminal” kafesida yong‘in kelib chiqqan.
Voqea joyiga zudlik bilan aeroport va shahar o‘t o‘chirish bo‘limlari yetib kelgan. Yong‘in soat 11:47 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida 5 kvadrat metr maydonga zarar yetkazilgan. Jabrlanganlar yo‘q. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga oshxonadagi kichik yong‘in sabab bo‘lgan.
“Toshkent xalqaro aeroporti normal rejimda ishlamoqda”, deyiladi xabarda.

Izohlar 0
…