
Hukumatning ayrim qarorlariga sohalar va tarmoqlarda ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Hukumat qaroriga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, barcha toifalardagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha “Ekologik transport” tizimini joriy qilish muddati uzaytirildi.
Mart oyida Shavkat Mirziyoyev ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishgan edi. O‘shanda avtomobildan chiqayotgan zararli moddalar miqdori tekshirilishi va ekologik tekshiruv natijasidan kelib chiqib RFID chip o‘rnatilgan “qizil”, “sariq” yoki “yashil” yorliq (stiker) mashinaning old oynasiga yopishtirilishi ma’lum qilingandi. Mazkur tizim 2024 yil 1 iyundan ishlashi kerak edi.
Endi kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, ushbu tizim 2025 yilning 1 martidan tatbiq etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar