
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Abdulla Aripov Nig‘matovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining portalidagi ma’lumotlarga qaraganda, Abdulla Aripov Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikasiyalari masalalari kompleksi rahbari sifatida faoliyat olib boradi.
Ma’lumot o‘rnida, 1961 yilda tug‘ilgan Abdulla Aripov 2002 yilning may oyidan 2012 yilning avgust oyiga qadar, 10 yil davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar