73
Xorazmda sobiq bank xodimi onlayn omonat va’da qilib, uch kishini chuv tushirgani aniqlandi
Xorazm viloyatida onlayn omonat va’da qilgan sobiq bank xodimi va imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Xiva shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda J.A. ismli shaxs hududiy tijorat bank xizmatlari markazida ishlagan davrida uch nafar fuqaroning ishonchiga kirib, yillik 23 foiz ustama to‘lash sharti bilan onlayn omonat qo‘yishini aytib, ularning jami 124,1 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Shu kabi, Xiva shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda T.R. ismli shaxs fuqaro J.Y.ning ishonchiga kirib, unga hududiy tijorat banki filialidan 1,8 milliard so‘m imtiyozli kredit olib berishini va’da qilib, evaziga 1 000 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi