12:16 / 11.07.2024
211

Qarorlar ijrosi: metall to‘siqlar majburiy tartibda oldirildi

Qarorlar ijrosi: metall to‘siqlar majburiy tartibda oldirildi
Majburiy ijro byurosi Namangan shahar bo‘limi ish yurituvidagi nomulkiy tusdagi hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda. Kuni kecha olib borilgan majburiy ijro harakatlaridan so‘ng yana bir mana shunday toifadagi hujjat ta’minlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan da’vogar Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi manfaati yuzasidan javobgar M.T tomonidan 1 500 kv.metr yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan o‘rnatilgan metall to‘siqlarni buzdirish belgilangan.

Mazkur hujjat Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga olingan. Hujjat ijrosini ta’minlash borasida harakatlar olib borilgan. Ya’ni, taraflarga ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, majburiyat bajarilmagach, ijro harakatlari olib borildi.

Joriy yilning 10 iyul kuni tayinlangan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga sud qarorlari ijrosini ixtiyoriy bajarish avvalo o‘zi uchun foydali bo‘lishi, ortiqcha moliyaviy sanksiya, jarima va ovoragarchilikning oldini olinishi, qarorlarni bajarmasa ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

Shundan so‘ng tegishli tashkilotlar hamkorligida sud qarori ijrosiga kirishildi. Qariyb 7 soat davom etgan majburiy ijro harakatlaridan so‘ng metall to‘siqlar olib tashlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarorlar ijrosi: metall to‘siqlar majburiy tartibda oldirildi