174
Prezident Farg‘onaga safarini yangi ochilgan Qo‘qon aeroporti bilan tanishuvdan boshladi
Bir muddat oldin Prezident Shavkat Mirziyoyevning aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida 11 iyul kuni Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishi haqida xabar qilingan edi.
Prezident Farg‘onaga safarini yangi ochilgan Qo‘qon aeroporti bilan tanishuvdan boshladi. Bugun O‘zbekiston Prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qo‘ndi.
Mazkur aeroport 1977 yilda qurilgan bo‘lib, yaqin yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida ushbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yo‘lga qo‘yildi.
Davlat rahbari bu yerdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Aeroportda 100 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi ta’mirlangan. Zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari o‘rnatilgan. Bu ishlar natijasida aeroport A 320-200 va ATR 72-600 rusumli samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Prezident endi bu aeroport xalqimizga manfaat keltirishi kerakligini ta’kidladi. Buning uchun narx va xizmatlarni odamlarga qulay qilib, parvozlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Ichki turizm imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi samara berishi, xalqaro reyslarni ham yo‘lga qo‘yish mumkinligi qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi