
Uchtepa tumanida boshqaruv servis kompaniyasidagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda tumandagi “K.Ch.” va “B.” mahallalari aholisiga xizmat ko‘rsatuvchi “A.K.” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi mas’ul shaxslari 2022 yildan 2024 yil 1 iyulga qadar aholidan yig‘ilgan jami 1,6 mlrd so‘m mablag‘larni sarflanganligi haqidagi chek, schot-faktura, yo‘l varaqasi, qayta hisob-kitob qilish va bajarilgan ishlar haqidagi dalolatnomalarni rasmiylashtirmaganligi aniqlangan. Shuningdek, ular MCHJ hisob raqamiga kirim qilingan 604,4 mln so‘mni naqd ko‘rinishda olib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar