Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida 13 yoshli qizning jasadi o‘z uyidan qotillik alomatlari bilan topilgan edi. Qizning onasi qotillikda kimdan gumon qilayotganini aytdi.
3 iyul kuni soat 19:30 larda Yangiyer shahar, “Shukrona” MFY, Buxoro ko‘chasi 6/3-uyda ijara asosida yashovchi ayol Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Soat 19:00 larda ishdan yashash xonadoniga kelganda, uyning mehmonxona qismida 2011 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi S.K.ning jasadi yotganini ma’lum qilgan.
Hodisa sodir bo‘lgan joy tezkor-tergov guruhi a’zolari ishtirokida ko‘zdan kechirilib, protsessual tartibda bayonnoma rasmiylashtirilgan. Hodisa joyidan barmoq izlari, 2 dona yostiq, 2 dona pivo spirtli ichimligining yelim idishi, 2 dona qulf ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Marhumaning murdasi tashqi tomondan ko‘zdan kechirilganda, uning old peshona sohasi chap tomonida, bo‘yin old sohasi chap va o‘ng yuzasi o‘rta qismida, chap son sohasi o‘rta qismida ko‘kimtir tusdagi qontalashlar va qorin old devori o‘ng yonbosh sohasida ko‘ndalang joylashgan chiziqli shilinma kabi jarohatlar borligi aniqlangan. Sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Yangiyer tumanlararo sudi tibbiy ekspertizasining (birlamchi) 43-sonli ma’lumotnomasida voyaga yetmagan qizning o‘limiga bo‘yin a’zolarining qisilishi, bo‘g‘ish natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya sabab bo‘lgani qayd etilgan.
Qizning onasi bu qotillikda ishqiy munosabat bildirib yurgan erkakdan gumon qilayotganini ta’kidladi. Aytishicha, erkak oilasiga biror marta yomon so‘z gapirmagan, ayolga uni yoqtirib qolganini bildirgan.
“Eng mehribon qizim o‘sha edi. Bitta gumonim Yo‘ldosh degan odamdan. U bizga yomon gapirmasdi. Shu sababli unga ishonib shunaqa ahvolga tushib o‘tiribmiz. U orqamdan rosa yurar edi. Ichmasangiz, yaxshi odam bo‘lsangiz, mayli dedim, rozilik bergandim.
Ishdan kelganimda eshigimda qulf sal osilib turgan edi. Hayron qoldim-da, qizimni chaqirdim, indamadi. Qarasam yotgan ekan. Keyin bilsak, allaqachon o‘lgan ekan. Kiyimlari yirtilmagan, butun edi”, deydi ayol.
Tanishuviga bir oy bo‘lgan erkak ona va qizlarning ishonchiga kirgan bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni erkak marhumaning opalariga uyga kirmasliklarini aytib, chalg‘itgan.
Qotillikda gumondor 9 kundan buyon qidirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi