
Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi.
Davlat rahbari ushbu zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni kechasi Pensilvaniyada Trampga suiqasd uyushtirildi. Oqibatda siyosatchi yengil yaralandi. Otishmani uyushtirgan shaxs otib o‘ldirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar