21:04 / 15.07.2024
53

Qoraqalpog‘istonda “Qaratau” spirtli ichimligini ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Qoraqalpog‘istonda “Qaratau” spirtli ichimligini ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida “Qaratau” nomi ostida alkogol mahsulotlari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Anhorli” MFYda yashovchi A.D. o‘z uyining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil qilib, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 3 turdagi “Qaratau” nomi ostida qo‘lbola usulda tayyorlangan 3 566 dona alkogol mahsuloti, 7 925 dona aksiz marka, 297 litr spirt, 125 litr antiseptik va ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda “Qaratau” spirtli ichimligini ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi