19:03 / 19.07.2024
102

Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni topshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni topshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi
Foto: Qirg‘iziston bosh prokuraturasi
18 iyul kuni Qirg‘iziston bosh prokurori Maqsat Asanaliyev va O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan shaxslarni jazoni davom ettirish uchun topshirish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Bu haqda Qirg‘iziston Bosh prokuraturasiga tayanib Kaktus.media xabar berdi.

«Ushbu kelishuv ikki davlat o‘rtasida mahkumlarni topshirish masalalarida hamkorlikni shakllantirish va mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu hujjatning imzolanishi Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi ishonch va o‘zaro hamkorlikning yuksak darajasidan dalolat beradi», deyiladi xabarda.

Hujjat Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida imzolandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘iziston va O‘zbekiston mahkumlarni topshirish bo‘yicha shartnoma imzoladi