14:07 / 20.07.2024
117

O‘zbekistonda havo transporti xizmatidan 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi foydalanadi?

O‘zbekistonda havo transporti xizmatidan 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi foydalanadi?
Foto: Google Images
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar—iyun oylarida havo transportida bir kunda o‘rtacha 17,9 ming nafar yo‘lovchi tashilgan. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 ming nafarga ko‘p.

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) tahlilchilari Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi doirasida fuqaro aviatsiyasi, xususan, arzon aviakompaniyalar (loukoster) holati to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qilgandi.

Undagi xabarga ko‘ra, 2017—2019 yillarda respublikada yo‘lovchi tashish 50 foizga oshgan.

Hisobot mualliflari respublikaning yirik aeroportlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli davlat dasturini alohida qayd etgan. Tahlilchilar, shuningdek, sayyohlarni jalb qilish uchun viza islohotini davom ettirishni ham tavsiya qilgan.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqaro aviatsiyasi, jumladan, arzon aviatashuvchilar tufayli pandemiya bilan bog‘liq inqirozni muvaffaqiyatli yengib o‘tdi”, deya xulosa qilgan xabar mualliflari.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda havo transporti xizmatidan 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi foydalanadi?