13:23 / 23.07.2024
164

Namangan hokimi xorijda ishlayotgan yoshlarga o‘zlariga mos ish o‘rinlari taklif qildi

Namangan hokimi xorijda ishlayotgan yoshlarga o‘zlariga mos ish o‘rinlari taklif qildi
Foto: Viloyat hokimligi axborot xizmati
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov chet ellarda tahsil olayotgan va ishlayotgan yoshlar bilan videomuloqot qildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Viloyat kasaba uyushmalari kengashi binosida bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va tegishli tashkilotlar mutasaddilari, xorijdagi yoshlarning ota-onalari ishtirok etdi.

Unda viloyat hokimi Namanganda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib, yil boshida xorijda yurgan namanganlik migrantlar soni 117 mingni tashkil etgani, olib borilgan amaliy ishlar natijasida hozirda ular soni 64 ming nafar qolgani, yil oxirigacha yana 14 ming nafar kam daromadli migrantlarni yurtga qaytarish choralari ko‘rilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, ayni vaqtda xorijda bo‘lib turgan 100 nafarga yaqin yoshlar bilan onlayn muloqot qilindi. Viloyat rahbari har birining muammolarini tinglab, ularga yechim topish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Qayd etilishicha, viloyat hokimi bilan onlayn suhbatlashgan yoshlarning aksariyati Namanganga qaytish istagini bildirgan. Buning uchun ularga mos ish o‘rinlari taklif etildi, biznes qilish maqsadi borlarga kreditlar ajratilib, qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.

Muloqot jarayonida bugungi kunda AQSH, Angliyadagi oliy o‘quv yurtlarida IT sohasida tahsil olayotgan yoshlar ham o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan hokimi xorijda ishlayotgan yoshlarga o‘zlariga mos ish o‘rinlari taklif qildi