21:13 / 23.07.2024
509

Sardor Rahimxonga duch kelgan piton Namangandagi hayvonot bog‘iga tegishli bo‘lib chiqdi

Sardor Rahimxonga duch kelgan piton Namangandagi hayvonot bog‘iga tegishli bo‘lib chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqf” fondi rahbari o‘rinbosari Sardor Rahimxonga bo‘g‘ma ilon tashlangani xususida videolavhalar tarqaldi. Namangan viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, videodagi ilon turi Namangan viloyatidagi davlat hisobiga qo‘yilgan “Kosonsoy dorbozlari” nomli xususiy hayvonot bog‘iga tegishli.

Hayvonot bog‘i direktorining ta’kidlashicha, ilon video olish uchun olib ketilgan va ko‘p o‘tmay qaytarib berilgan. Ushbu ilon sun’iy boqilishi natijasida odamlarga o‘rgatilgan, hech kimga hech qanday zarar yetkazmagan.

Ma’lumot uchun, Ekologiya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritilgan. Bunda yovvoyi hayvonlardan sirk tomoshalarida foydalanish, jamoat joylarida olib yurish va sayr qildirish, maxsus qafassiz boshqa joylarga tashish, hayvonlardan foydalangan holda foto va videotasvirlarga tushirish, teleko‘rsatuvlarda va boshqa tadbirlarda hayvonlarni namoyish etish maqsadida olib borish yoki boshqa shaxslarga foydalanishga berish, shuningdek, sotish, sovg‘a qilishni taqiqlash ko‘zda tutilgan, deyiladi munosabatda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sardor Rahimxonga duch kelgan piton Namangandagi hayvonot bog‘iga tegishli bo‘lib chiqdi