
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Toshkent shahar Yangihayot tumani Chortoq mahallasida joylashgan uylarning birida qutqaruvchilar 1 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, uy egasining 2023 yilda tug‘ilgan farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolganligi sababli hovlisidagi hojatxonaga tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar