Taniqli dorboz Tursunali Mamajonov vafot etdi

Farg‘ona tumani “Vodil chinori” xalq dorbozlik jamoasi badiiy rahbari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Tursunali polvon Mamajonov 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda "Qalampir" internet-nashri xabar qildi.
"Tursunali Mamajonov 1949 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Marhum Farg‘ona viloyati hayvonot bog‘i tashabbuskori, faxriy ekolog bo‘lgan. Uzoq yillar mobaynida Shohimardonda tomoshalar ko‘rsatib kelgan. 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan" deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing