Dzyudochi Diyora Keldiyorova Parij—2024 Olimpiadasi chempioni

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada oʻyinlari davom etmoqda.
-52 kg vazn toifasi vakili Diyora Keldiyorova hal qiluvchi bahsda kosovalik Distriya Krasnichiga qarshi tatamiga chiqdi. Diyora raqibini yengib, oltin medal sohibiga aylandi.
Shu tariqa Diyora Keldiyorova Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik dzyudochiga aylandi. Shuningdek, 16 yil deganda oʻzbekistonlik ayol sportchi yana Olimp shohsupasiga koʻtarilmoqda.
Diyora nimchorak finalda yaponiyalik Uta Abeni yengib, chorak finalga chiqqan edi. 1/4 finalda esa germaniyalik Masha Ballhaus taslim etilgandi. Yarim finalda esa oʻzbekistonlik dzyudochi mezbon Amandin Busharni magʻlubiyatga uchratgandi.

Izohlar 0
…