08:56 / 29.07.2024
285

OTMga kirish imtihonlarida minimal o‘tish bali e’lon qilindi

OTMga kirish imtihonlarida minimal o‘tish bali e’lon qilindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish balini ma’lum qildi.

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %i), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %i) etib belgilandi.

Minimal o‘tish bali nima?

Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida bunga izoh berib o‘tgandi.

"Minimal o‘tish bali shu vaqtga qadar kontraktga 56,7 ball, grantga esa 68 ball edi, ya’ni 56,7 balldan kam to‘plaganlar kvota to‘lmay qolsa ham talabalikka tavsiya etilmagan deb topiladi. Masalan, matematikaga 50 ta kvota ajratilgan, shu yo‘nalishga 20 nafar talaba topshirgan, 12 nafari 56,7 balldan yuqori ball to‘pladi, qolgan 8 nafari 50,45 yoki 56 ball to‘pladi, ana o‘sha 56,7 balldan kam to‘plagan 8 nafar abituriyent avtomatik tarzda talabalikka tavsiya etilmagan hisoblanadi, ular super-kontraktga ham qabul qilinmaydi, 38 ta kvota bo‘shab qolsa ham faqat 56,7 balldan yuqori ball to‘plagan 12 nafar abituriyent qabul qilinadi xolos", - dedi vazir.

Davlat grantidagi minimal o‘tish bali ham xuddi shunday: 68 balldan kam to‘plaganlar grantga ajratilgan kvota to‘lmay qolsa ham grantga qabul qilinmaydi, 68 balldan kam lekin 56,7 balldan yuqori olgan bo‘lsa, faqat kontraktga qabul qilinadi, grantga ajratilgan kvota esa bo‘shligicha qolaveradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » OTMga kirish imtihonlarida minimal o‘tish bali e’lon qilindi