06:00 / 01.08.2024
139

Anor ta’mli “Royal” ichimligi sifat talablariga javob bermasligi aniqlandi

Anor ta’mli “Royal” ichimligi sifat talablariga javob bermasligi aniqlandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Tarmoqlarda “Royal” savdo belgisidagi anor sharbatlari tarkibida inson salomatligi uchun xavfli moddalar borligiga oid xabarlar tarqaldi. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati bu borada o‘z o‘rganishlari natijalarini ma’lum qildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, “Royal” anor ichimliklarining tamg‘alanishi (markirovka) bo‘yicha UzTR.490-022:2017 “Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti”ning 8-, 36-, 53- va 58-bandlari talablariga nomuvofiqligi aniqlangan.

Laboratoriya xulosasiga ko‘ra, mahsulot tarkibida “Azorubin, E 122” moddasi belgilangan me’yordan ortiq ekani ma’lum bo‘lgan.

UzTR.490-022:2017 “Oziq-ovqat mahsulotlarini tamg‘alash yuzasidan uning xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglament”ning 36-bandiga muvofiq, tarkibida rang beruvchilar (E122 azorubin, E sariq xinolin, FCF E110 sariq “quyosh botishi”, AC E129 qizil maftunkor, 4R E124 ponso va E102 tartrazin) mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari uchun “Tarkibida rang beruvchi (rang beruvchilar) mavjud, ular bolalarning faolligiga va diqqatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin” degan ogohlantiruvchi yozuv yozilishi kerak”, – deyiladi rasmiy izohda.

Inspeksiya, yuqoridagilarni inobatga olgan holda, inspeksiya bir qancha qonunlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarini bajarmaslik qonunbuzilishiga olib kelishini eslatgan.

Avvalroq Qirg‘iziston va Qozog‘istonning ayrim hududlarida anor ta’mli ichimliklarning bir qancha turlari, xususan Royal savdo belgisi ostidagi ichimliklar sotuvdan chiqarilayotgani xabar qilingandi.

Bu xabarlar ortidan, iyul oyi boshida O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi Afg‘onistonda ishlab chiqarilgan anor ta’mli ichimlik qayta tekshiruvdan o‘tkazilishini ma’lum qilgandi. Sanepidqo‘mga ko‘ra, mahsulotning har bir partiyasi respublikaga olib kirish vaqtida tekshiruvdan o‘tkazilgan va tarkibida zararli moddalar aniqlanmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Anor ta’mli “Royal” ichimligi sifat talablariga javob bermasligi aniqlandi